Amir temur saltanatida xavfsizlik xizmati

Xamdam Sodiqov

Ushbu kitob Sohibqiron Аmir Temur shaxsining yangi bir qirrasini ochadi. Uning davlat xavfsizligini taʼminlashdagi muhim omil- razvedka va kotrrazvedka sohasida olib borgan oʼziga xos va ayni damda odilona siyosati, jangovar faoliyati asarda aniq va ravshan yoritib beriladi. Sarkardaning erishgan zafarlari, buyuk davlatni barpo etishda unga yordam bergan xavfsizlik xizmatining tutgan oʼrni asoslangan tarixiy faktlar va voqealar asosida bayon etiladi.

Аsar Аmir Temurni dunyo tamaddunida oʼchmas iz qoldirgan buyuk davlat arbobi, iqtidorli va yengilmas sarkarda sifatidakitobxonlarga yana ham yaqinroq tanishtirish barobarida, ularga buyuk ajdodimiz shaxsi bilan bogʼliq koʼplab maʼlumotlarni yetkazib beradi.

Mazkur asarning birinchi nashri kitobxonlarda katta qiziqish uygʼotgan edi. Sizga taqdim etilayotgan ikkinchi nashri muallif tomonidan qayta koʼrib chiqildi va qoʼshimchalar bilan toʼldirildi.

«ART FLEX» nashriyoti, 2018 yil

574 bet, Qattiq muqovali.