TANLANGAN ASARLAR

ABDULLA ORIPOV

Oʼzining otashin sheʼriyati bilan oʼzbek adabiyotiga yangicha nafas, yangicha ruh olib kirgan Аbdulla Oripov bugungi kunda ijodning kamolot choʼqqisida. Uning sheʼrlaridagi teran falsafiylik, sharqona donishmandlik, Vatanning shonli oʼtmishi va bugungi taqdiri, xalq qismati va kelajagi uchun bir komil fuqarolarcha kuyunchakligi, hayotdagi salbiy koʼrinishlarga murosasiz istehzosi koʼp yillardan buyon sheʼriyat muxlislari diqqatini oʼziga ohanrabodek tortib keladi.
Toʼrt jilddagi “Tanlangan asarlar” — kitobxonlarga shoir ijodi bilan yana bir marta toʼlaroq tanishish imkonini beradi, deb ishonamiz.