YULDUZLI TUNLAR

PIRIMQUL QODIROV

Yulduzli tunlar“ – oʻzbek yozuvchisi Pirimqul Qodirov qalamiga mansub tarixiy roman. Asarda Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti haqida soʻz yuritiladi. Qodirov mazkur roman ustida oʻn yil (19691978) davomida ish olib borgan[1]. „Yulduzli tunlar“ga „Boburnoma“ hamda „Humoyunnoma“ asarlari asosiy manba boʻlib xizmat qilgan.

„Yulduzli tunlar“ zamonaviy oʻzbek adabiyotining eng sara asarlaridan biri hisoblanadi[2]. Qodirov 80-yillarda „Yulduzli tunlar“ romanining mantiqiy davomi sanalmish Boburning farzandi Humoyun va nabirasi Akbar Jaloliddin Muhammad hayoti haqida hikoya qiluvchi „Avlodlar dovoni“ („Akbar“) romanini yozgan. 1982-yil muallif roman uchun Hamza nomidagi Oʻzbekiston SSR Davlat mukofoti bilan taqdirlangan